O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligida O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘l harakati to‘g‘risida»gi O‘RQ-900-son Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Avtomobil tayyorgarlik kafedrasi mudiri Kalauov Saydulla olib bordi.
Ishtirokchilarga yo‘l harakatini tashkil etish va monitoring qilish, yo‘l harakatining xavfsizligini ta’minlashga doir talablar hamda uning xavfsizligini tibbiy jihatdan ta’minlash borasida atroflicha axborot berildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘l harakati to‘g‘risida»gi O‘RQ-900-son Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yil 19 yanvar kuni tasdiqlangan bo‘lib, 7 ta bob, 58 ta modda va 1 ta ilovadan iborat.
Idoraviy mansub tashkilotlar