logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

"Yashil" korporativ obligatsiyalar ilk chiqariluvi ro‘yxatdan o‘tkazildi

12.09.2024
1276

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning 50 milliard so‘mlik obligatsiyalar chiqariluvi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Ushbu obligatsiyalar chiqariluvi 2024 yil iyun oyida "Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi qoidalari va emissiya qimmatli qog‘ozlari chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish" (2024-yil 7-iyundagi 2000-10-son ro‘yxat raqami bilan)ga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda Agentlik tomonidan tasdiqlangan "Yashil" iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar uchun korporativ obligatsiyalarni joylashtirish va muomalada bo‘lishi bo‘yicha uslubiy talablar" asosida amalga oshirilayotgan "yashil" obligatsiyalarning birinchi rasmiy chiqariluvi hisoblanadi.

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ obligatsiyalari chiqariluvi doirasida jalb etilayotgan mablag‘lar binolarni modernizatsiya qilishni moliyalashtirishga mo‘ljallangan. O‘zining "yashil" maqsadlariga erishish uchun kompaniya tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan "yashil" ta’mirlash kreditlarini moliyalashtirish va/yoki qayta moliyalashtirishga, shuningdek, bank mijozlari uchun energiya tejaydigan qurilish materiallaridan foydalangan holda ta’mirlash ishlarini olib borish imkoniyatlarini yaratishga e’tibor qaratadi.

Kompaniyaning birinchi yashil korporativ obligatsiyalari Xalqaro kapital bozori assotsiatsiyasining yashil obligatsiyalar tamoyillariga muvofiqligi bo‘yicha “AIFC Green Finance Center” tomonidan ijobiy tashqi baholangan bo‘lib, ushbu chiqariluvning asos dasturi bo‘yicha yashil standartlarga muvofiqlik sertifikati olingan.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mahalliy kapital bozorida yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish  va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan barqaror va ekologik ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil  ishlarni davom ettiradi.