O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining Xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining yig‘ilishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3613, 2025-yil 24-mart) tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i (keyingi o‘rinlarda – Nizom) tasdiqlandi. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-291-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Nizom xo‘jalik jamiyatlarining umumiy (navbatdan tashqari) yig‘ilishlarida, shuningdek, kuzatuv kengashi yig‘ilishlarida aksiyadorlar (ishtirokchilar) va kollegial ijroiya organining masofadan turib ishtirok etishi va ovoz berishining shaffof va samarali mexanizmlarini yaratishga qaratilgan. Bu xo‘jalik jamiyatlari faoliyatida yanada moslashuvchan va samarali boshqaruvni ta’minlashga, korporativ boshqaruvga raqamli texnologiyalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Nizom yig‘ilishlarda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berishning asosiy shartlarini belgilaydi, jumladan:
Nizom talablariga javob beradigan uchinchi shaxslar platformalaridan foydalanish bilan bir qatorda, jamiyatlar yig‘ilishlarda masofaviy ishtirok etish va ovoz berish uchun o‘z platformalarini ham ishlab chiqishi va foydalanishi mumkin.
Yig‘ilishlarda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berishni joriy etish xo‘jalik jamiyatlariga:
Idoraviy mansub tashkilotlar