Yangiliklar
Agentlik xodimlari virtual aktivlarni suiste’mol qilishning oldini olish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari Yevropa Kengashi tomonidan Strasburgda (Fransiya) tashkil etilgan “Virtual aktivlardan suiste’mol qilinishining oldini olish – iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash vositalari va qiyosiy tajriba” mavzusidagi mintaqalararo seminarda ishtirok etmoqda. Seminar joriy yilning 24-25 oktabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar davomida virtual aktivlar bilan bog‘liq iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro standartlar masalalari, tartibga solinadigan virtual aktivlar xizmati provayderlarining (VAXP) afzalliklari, VAXP sektori xavflarini baholash, tushunish, kamaytirish va boshqa masalalar muhokama qilinadi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiluvchi akademiyasi vakillari, shuningdek, Iordaniya, Livan, Tunis, Marokash, Kosovo, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etdi.