O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligida “Vatanimga tayanchman” mavzusida vatanparvarlik soati o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurollik Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligiga bag‘ishlanadi.
“Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida o‘tgan tadbir xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi.
Tadbir mobaynida Vatanga sadoqat, milliy armiyamizga qaratilayotgan yuksak e’tibor, amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, shuningdek, harbiylikning sharafi va mas’uliyati xususida so‘z yuritildi.
Idoraviy mansub tashkilotlar