Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
ruxsat berish tartib-qoidalarini tartibga solish, litsenziyalash, amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan davlat muassasasi kripto aktivlari aylanmasi, kapital bozori, sug`urta, elektron tijorat, lotereyalarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati.

Biz nima qilamiz arrow-right

Yangiliklar

“UNIVERSAL SUG‘URTA” sug‘urta tashkiloti litsenziyasi bekor qilindi

03.04.2024
3829

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ning 49-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024 yil 2 apreldagi tegishli qaroriga asosan, “UNIVERSAL SUG‘URTA” AJ umumiy sug‘urta sohasining 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16 va 17 klasslari bo‘yicha ixtiyoriy sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 7 iyuldagi 031932-sonli litsenziyasi 2024 yil 2 apreldan bekor qilindi.

“UNIVERSAL SUG‘URTA” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.