logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Turkiyaga o‘quv safari: tabiiy ofatdan sug‘urtalash bilan bog‘liq moliyaviy risklar bo‘yicha bilim almashinuvi

08.10.2024
993

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Strategik islohotlar agentligi vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari delegatsiyasi mintaqaviy bilim almashinuvi tashrifida ishtirok etmoqda. Tadbir Jahon banki tomonidan Turkiya sug‘urta va shaxsiy nafaqalarni tartibga solish va nazorat qilish agentligi (SEDDK) va Turkiya tabiiy ofatlardan sug‘urtalash puli (TCIP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

O‘quv safarining maqsadi O‘zbekistonda tabiiy ofatlar xavfini moliyalashtirish va falokatdan sug‘urtalash (“DRFI”) strategiyasini ishlab chiqishga uslubiy yordam berish va rag‘batlantirishdan iborat.

Tashrif davomida delegatsiya Turkiyadagi ilg‘or tajribalar, jumladan, risk modellaridan foydalanish va ularning ta’siri, axborot tizimlari, texnik operator tanlash mezonlari, TCIP uchun kafolatni ta’minlashda hukumat va xususiy sektorning roli bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu jihatlar O‘zbekistonda samarali sug‘urta va risklarni boshqarish tizimini shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi.

O‘zbekiston delegatsiyasining mintaqaviy tashrifda ishtirok etishi tabiiy ofatlar oqibatlarini minimallashtirishga qaratilgan yanada samarali moliyaviy vositalar va strategiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi, shuningdek, tabiiy ofatlar bilan bog‘liq moliyaviy risklarni boshqarishda tajribaga ega xalqaro ekspertlar va Turkiya regulyatori bilan tajriba almashish imkonini beradi.

O‘zbekistonlik va turkiyalik mutaxassislarning mintaqaviy bilim almashinuvi O‘zbekistonda tabiiy ofatlardan barqaror va samarali sug‘urta tizimini yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, bu o‘z navbatida aholini tabiiy ofatlarning salbiy oqibatlaridan himoya qilish va xavfsizlik darajasini oshirishga yordam beradi.