logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Turkiya Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv

29.07.2024
863

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (Agentlik) Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish departamenti direktori – Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi boshqarmasi (TARSIM) direktorlar kengashi raisi Usmon Yildiz boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, Turkiyaning TARSIM qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi modelini joriy etish, ikki tomonlama meyoriy hamkorlikni kengaytirish masalalari, shuningdek, Agentlik delegatsiyasining joriy yilning oktabr oyida rejalashtirilgan Jahon banki o‘quv dasturi doirasidagi tashrifi muhokama qilindi.

Agentlik vakillari mehmonlarga O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozorini, jumladan, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini yanada rivojlantirish, shuningdek, ushbu sohani tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Turkiya tomoni Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida tartibga soluvchi organlar o‘rtasida amaliy hamkorlik platformasini yaratish va O‘zbekistonda “TARSIM” turk qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi modelini joriy etish bo‘yicha ishchi guruh faoliyatiga Agentlik xodimlarini jalb qilish bo‘yicha takliflarini bildirdi.