logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“Toshkent” RFB va Abu-Dabi fond birjasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

19.04.2024
1400

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan ConFEAS-2024 konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak va “Toshkent” Respublika fond birjasi boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvilining Abu-Dabi fond birjasi (ADX) Bosh direktori Abdulla Salem Alnuaimi bilan ikki mamlakat fond birjalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miziyoyevning 2023 yil dekabr oyida BAA ga qilgan tashrifi chog‘ida Abu-Dabi fond birjasi hamda “Toshkent” Respublika fond birjasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqidagi topshirig‘i ijrosi yuzasidan bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik haqida memorandumni imzolab, a’zo-birjalar uchun mintaqaviy va global miqyosda savdo qilish platformasini taqdim etuvchi Tabadul birja savdosi markazi imkoniyatlarini muhokama qildilar. Umuman olganda, Tabadul Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy birjalarni integratsiyalash, hamkorlikni mustahkamlash va ishtirokchi birjalar bozorlarida likvidlikni oshirish, tomonlar brokerlarini va transchegaraviy savdoni amalga oshirishni maqsad qilgan.

Bugungi kunda Bahrayn fond birjasi va Maskat qimmatli qog‘ozlar bozori (Ummon) Tabadul a’zolari qatoridan joy olgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.