logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

TALABALAR BILAN UCHRASHUV

29.03.2023
1303

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillarining O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan qator uchrashuvlari doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Agentlik mutaxassislari talabalarni kripto-aktivlar aylanmasiga oid asosiy tushuncha va atamalar bilan tanishtirdilar, kripto-aktivlarning paydo bo‘lish tarixi, ularning afzalliklari va kamchiliklari, O‘zbekistonda kripto-aktivlar sohasidagi davlat siyosati hamda kripto-aktivlar aylanmasini tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdilar.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kripto-aktivlar aylanmasi sohasi, uning rivojlanishi va istiqbollarini o‘rganib borishga qiziqishlarini bildirdilar.

Talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarning O‘zbekistonda kripto-aktivlar muomalasi va uni huquqiy tartibga solish asoslari, raqamli va moliyaviy savodxonlik asoslari borasidagi bilimlarini oshirishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, bugunga qadar Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, ja’mi beshta oliygoh talabalari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.