logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Sug‘urtalovchilar tomonidan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

15.08.2024
2371

O‘zbekiston Respublikasi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 59-moddasiga asosan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024 yil 4 iyuldagi 7-sonli buyrug‘i bilan Sug‘urtalovchilar tomonidan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2024 yil 13 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3549) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi natijasida:

- mazkur idoraviy normativ hujjat davlat tilida qabul qilindi;

- O‘zbekiston Respublikasi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda sug‘urta sohasiga oid atamalarning ta’riflari belgilanganligi sababli nizomdan chiqarib yuborildi;

- ogohlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish bo‘yicha sug‘urta zaxirasiga o‘tkazmalar sug‘urta xizmatlari tannarxiga kiruvchi qo‘shimcha xarajatlar tarkibidan chiqarib yuborildi;

- sug‘urta xizmatlarini amalga oshirishdan olingan sof tushum tarkibiga qayta sug‘urta bo‘yicha zararlar ulushining qoplanishi bo‘yicha daromadlar kiritildi;

- ayrim sug‘urtaga oid atamalar qonunchilikka muvofiqlashtirildi.

Mazkur Nizom 2024 yil 14 avgust kuni kuchga kirishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2005 yil 20 iyuldagi 65-son “Sug‘urta tashkilotlari tomonidan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxati raqami 1517, 2005 yil 18 oktabr) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.