Yangiliklar
Sug‘urta tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv
Savdo-sanoat palatasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi rahbariyati va O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishning asosiy mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 martdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-108-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokamasi bo‘ldi.
Agentlik vakillari davlatimiz rahbarining mazkur qarori qoidalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berdilar.
Shu bilan birga, yig‘ilishda 2023 yilda sug‘urta bozorini rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratilib, sug‘urta kompaniyalari faoliyatidagi mavjud muammolar ko‘rib chiqildi. Bir qator sug‘urta tashkilotlari rahbarlariga fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmasligi, sug‘urta tovonlari to‘lanishi ta’minlanmagani va raqamlashtirish darajasi pastligi bilan bog‘liq ishda mavjud kamchiliklarga to‘xtalib o‘tildi.
Shu munosabat bilan sug‘urta tashkilotlari rahbarlarining kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axboroti tinglandi.
Yig‘ilish yakunida uning barcha ishtirokchilari bir ovozdan davlatimiz rahbari tomonidan sug‘urta bozorini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tartibga soluvchi organ bo‘lmish Agentlik va sug‘urta tashkilotlari sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini ta’kidladilar.