Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“DD General Insurance” AJ ST litsenziyasining amal qilishi olti oy muddatga to‘xtatildi

17.11.2023
3179

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47-moddasi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomning  42-bandiga muvofiq Istiqbolli loyihalar milliy agentligining qaroriga asosan, “DD General Insurance” AJ ST sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yil 25 fevralda berilgan, seriyasi SF 00034-sonli litsenziyasi 2023 yil 17 noyabr sanasidan boshlab olti oy muddatga to‘xtatildi.

Litsenziya sug‘urta tashkilotining o‘z faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining prudensial talablariga muvofiqlashtirish zaruriyati to‘g‘risidagi murojaatiga asosan to‘xtatildi.

“DD General Insurance” AJ ST litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi. “DD General Insurance” AJ ST ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.