logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Sug‘urta tashkiloti litsenziyasi bekor qilindi

31.10.2023
3279

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 33-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 49-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2023 yil 30 oktabrdagi tegishli qaroriga asosan, “SHARQ-SUG‘URTA” AJ umumiy sug‘urta sohasida 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9, 10, 11, 13, 14, 15, 16 va 17 klasslar bo‘yicha ixtiyoriy va majburiy shakllarda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 25 fevraldagi SF 00048-sonli litsenziyasi 2023 yil 31 oktabrdan bekor qilindi.

“SHARQ-SUG‘URTA” AJ ST amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.