logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“AGROS HAYOT SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

28.06.2024
1605

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47-moddasi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 40-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining qaroriga asosan, “AGROS HAYOT SUG`URTA KOMPANIYASI” AJ sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2023 yil 21 iyundagi 030526-sonli litsenziyasi 2024 yil 28 iyun sanasidan boshlab o‘n kun muddatga to‘xtatildi.

“AGROS HAYOT SUG`URTA KOMPANIYASI” AJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“AGROS HAYOT SUG`URTA KOMPANIYASI” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.