logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Sug‘urta tashkiloti litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

14.12.2023
2307

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47-moddasi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “OMAD SUG`URTA” AJga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 22 iyuldagi 033072-sonli litsenziya 2023 yil 14 dekabr sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.

“Omad Sug`urta” AJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“Omad Sug`urta” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.