Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

03.06.2026
448

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan sug‘urta sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi.

Nizom 2026 yil 2 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 3845-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizom bilan sug‘urta agentlarining faoliyatini amalga oshirish tartibi, sug‘urtalovchilar bilan o‘zaro munosabatlari, huquq va majburiyatlari, vositachilik faoliyatini amalga oshirish mexanizmlari hamda ular faoliyati ustidan nazorat qilish tartibi belgilanmoqda.

Xususan:

sug‘urtalovchi va sug‘urta agenti o‘rtasida tuzilgan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) Agentlikning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida qayd etilishi
va sug‘urta agentiga ID raqam berilishi;

sug‘urta agentlarning faoliyatidagi cheklovlar hamda Agentlik tomonidan insofsiz sug‘urta agentlari reyestrini yuritish mexanizmlari joriy qilish;

bank kreditlari bilan bog‘liq sug‘urta shartnomalari tuzilishida (bankning o‘z tadbirkorlik xavfini sug‘urtalash shartnomalari bundan mustasno) faqatgina kredit beruvchi tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan sug‘urtalovchilar nomidan sug‘urta agenti sifatida ishtirok etishi hamda faoliyatga oid boshqa talablar belgilandi.

Shuningdek, Nizomda sug‘urta agentlarining malakasini oshirishga oid talablar, sug‘urta qildiruvchilarga axborot taqdim etish bo‘yicha majburiyatlar, ular faoliyatining shaffofligini ta’minlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan meyorlar nazarda tutilgan.

Mazkur Nizomni qabul qilinishi sug‘urta bozorida faoliyatni samarali tartibga solishga, shu jumladan sug‘urta xizmatlarning iste’molchilari huquqlar va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, natijada mazkur sohani rivojlantirishga yordam beradi.