O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida XVII Osiyo chempionati boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ushbu tadbirga bosh homiylik qilmoqda.
Chempionatda Avstraliya, Bangladesh, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Yangi Zelandiya, Qatar, Shri-Lanka, Tojikiston, Turkmaniston, BAA va boshqa davlatlardan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etmoqda.
Agentlik jamoasi o‘zbekistonlik yosh ishtirokchilarga Chempionatda muvaffaqiyat, omad va kuch-quvvat tilaydi. Ishonchimiz komilki, sizni katta g‘alabalar kutmoqda!
Idoraviy mansub tashkilotlar