O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va “Sug‘urtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 3512, 2024-yil 10-may) ilovasining 1-bo‘lim 1-pozitsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “SEMURG INSURANCE” aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan 24,5 mln. so‘m miqdorida jarima solindi.
Idoraviy mansub tashkilotlar