Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“SEMURG INSURANCE” AJ litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

19.01.2026
141

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47 - moddaci, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (keyingi o'rinlarda - Agentlik) tegishli qaroriga asosan “SEMURG INSURANCE” AJga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2025-yil 7-oktabrdagi 1081744-sonli litsenziya 2026-yil 19-yanvar sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.

“SEMURG INSURANCE” AJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“SEMURG INSURANCE” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.

Shuningdek, Agentlik sug‘urta xizmatlari iste’molchilarini litsenziya amal qilishi to‘xtatilganga sabab bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etgunga qadar bo‘lgan davr mobaynida sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirmaslik bo‘yicha ogohlantiradi.