logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Rasmiy munosabat

09.08.2024
1262

“Media24.uz” telegram-kanalida 2024 yil 9 avgust kuni “Kolxozimizda qiziq ishlar bo‘lyapti” (https://t.me/media24uz/2455) nomli material joylashtirilgan.

Ushbu materialda Korporativ axborot yagona portalida 2024 yil 9 avgust kuni “O‘zsanoatqurilishbank” bilan bog‘liq 8 ta ma’lumot ochiqlangani, bularning barchasi 2-3 yil oldingi hujjatlar ekanligi, hujjatlarning barchasida A.Voitov kuzatuv kengashi raisi sifatida qayd etilib, yig‘ilishda onlayn qatnashgani ko‘rsatilgani xabar qilinib, korporativ axborot yagona portalida ma’lumotlar o‘z vaqtida ochiqlanmay, endi e’lon qilingani tanqid qilingan.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) «O‘zsanoatqurilishbank» AJ tomonidan 2021-2024 yillar oralig‘ida tegishli ma’lumotlar o‘z vaqtida joylashtirilganligini, biroq aniqlangan texnik va imloviy xatolarni to‘g‘rilashga ehtiyoj paydo bo‘lganigi sababli «O‘zsanatqurilishbank» AJ ning yozma xatiga asosan Agentlik ushbu ma’lumotlarni qayta ishlashga ruxsat berganligini ma’lum qiladi.