logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Rasmiy munosabat

06.08.2024
547

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “XALQ NAZORATI” Telegram-kanalida 2024 yil 6 avgust kuni joylashtirilgan “Impex Insurance” sug‘urta kompaniyasi (T)O‘G‘RI tashkilot(mi)?!” (https://t.me/XalqNazorati/12765) nomli shikoyat yuzasidan o‘rganishlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur shikoyatda ismi keltirilmagan fuqaro tomonidan 2023 yil avgust oyida avtokredit shartnomasi rasmiylashtirilib, “Impex Insurance” sug‘urta kompaniyasi bilan kredit bo‘yicha 5 yil kredit muddatiga sug‘urta shartnomasi rasmiylashtirilgani, 25 mln. so‘m sug‘urta to‘lovi to‘langani, biroq 2024 yil iyul oyida kredit mablag‘ini to‘liq to‘lab, qolgan yillar uchun to‘langan sug‘urta mukofotini qaytarib olish haqida sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilinganida kompaniya 1 tiyin ham pul mablag‘i qaytarilmasligini aytib rad javobini bergani yuzasidan shikoyat keltirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil 21 avgust kuni fuqaro Azamatov Toxirjon Tursunboyevich ATB “Mikrokreditbank” Nurafshon Bank xizmatlari ofisi hamda “Impex insurance” AJ SK o‘rtasida 5 yil muddatga 19/03-5/940-son “Avtokreditni sug‘urta qilish” shartnomasi tuzilgan. T. Azamatov tomonidan 20 431 000 so‘m miqdorida sug‘urta mukofoti to‘langan.

Т. Azamatov bank tomonidan unga ajratilgan kreditni muddatidan oldin so‘ndirganligi sababli 2024 yil 22 iyul kuni ishlab topilmagan sug‘urta mukofotini qaytarib berishni so‘rab “Impex insurance” AJ SK ga ariza bilan murojaat qilgan. 2024 yil 06 avgust kuni 5168-sonli to‘lov topshiriqnomasi bilan 17 547 930,84 so‘m miqdoridagi ishlab topilmagan sug‘urta mukofoti uning bank plastik kartasiga o‘tkazib berilgan.