Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

19.12.2024
2038

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida direktor o‘rinbosari Orifjon Fayziyevning yosh hodimlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuv avvalida direktor o‘rinbosari Prezidentimiz tomonidan yoshlarni himoyalashga doir joriy etilgan yangi tizimning mazmun-mohiyatini yana bir bor atroflicha tushuntirib berdi. 

Juda qizg‘in va sermazmun kechgan suhbatda faol yosh xodimlar so‘zga chiqib, Agentlikda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida fikr bildirib, o‘z takliflarini o‘rtaga tashlashdi. Sport mashg‘ulotlari, yoshlar o‘rtasida savodxonlik masalasi, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, malaka oshirish va sirtqi bo‘limlarda oliy ma’lumot olish masalalari o‘zaro muhokama etildi.

Yoshlar yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘zini to‘la namoyon etishga ishonch bildirdilar.

"Rahbar va yoshlar" turkumidagi uchrashuvlar turli ijtimoiy muammolarga tez va o‘z vaqtida yechim topish imkonini bermoqda.