Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Qonunchilik me’yorlarining kuchga kirishi to‘g‘risida AXBOROT XABARI

19.04.2024
4250

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-899-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalar 2024 yil 20 apreldan e’tiboran kuchga kirishini eslatib o‘tadi.

Xususan, kripto-aktivlarning noqonuniy aylanmasi va noqonuniy mayning faoliyati uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchga kiradi.

Agentlik fuqarolarni javobgarlikka tortilmaslik uchun kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni qonunchilikda belgilangan tartibda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi milliy provayderlar orqali amalga oshirishga, shuningdek, mayning faoliyatini amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshirishga chaqiradi.

Bundan tashqari, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik buzilishining barcha faktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazishini ma’lum qilamiz.

Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikka qat’iy rioya qilishni tavsiya qiladi.