O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025 yil 28 maydagi 05-sonli buyrug‘i bilan “Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati to‘g‘risida” nizomga (ro‘yxat raqami 1899-9, 2025 yil 19 iyun) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar quyidagilardan iborat:
- nazoratchi tomonidan aniqlangan qonun buzilish xolatlari yuzasidan professional ishtirokchiga va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga yozma ravishda axborot berishi shart bo‘lgan muddatga aniqlik kiritildi;
- nazoratchiga kelib tushgan murojaatlar (ariza va shikoyatlar) ularni ko‘rib chiqish va ularga yozma (yoki elektron shaklda) javob xatlarini yuborish tartibi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiqlashtirildi.