Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

PRESS-RELIZ kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani bekor qilinganligi haqida

26.05.2026
43

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026 yil 25 maydagi 45-son buyrug‘i bilan “KOBEA GROUP” MCHJ XK murojaatiga asosan 2026 yil 25 maydan “KOBEA GROUP” ma’suliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasiga (STIR: 306048813, yuridik manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy) kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya 2024 yil 22 fevralda berilgan CE#0003-son litsenziya bekor qilindi.

Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan “KOBEA GROUP” MCHJ XK tomonidan mijozlarning pul mablag‘lari va kripto-aktivlarini qaytarish masalalarini hal qilish maqsadida alohida elektron pochtani refund@kobea-group.uz yaratgan. Shuningdek, mijozlar kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tgan joydagi ofisiga soat 9:00 dan 18:00 gacha hamda + 998-78-777-55-06 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Mijozlarning pul mablag‘lari va kripto-aktivlarni qaytarish o‘ch ish kunidan o‘n ish kunga qadar muddatda amalga oshiriladi.

“KOBEA GROUP” MCHJ XK tomonidan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining case_kobea@napp.uz elektron pochtasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.