Yangiliklar
Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
2024 yil 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak, direktor o‘rinbosari Davron Maksudov, Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boshqarmasi Askarjon Zakirov, Kapital bozorini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Saibjan Xudayberdiyev, Sug‘urta bozorini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Orifjon Fayziyev, Elektron tijoratni rivojlantirish va tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Kamronbek Muxammadiyev ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar Agentlik tomonidan 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat sohalarini rivojlantirish va tartibga solish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va erishilgan natijalar haqida so‘zlab berdilar.
Xususan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida qonunchilikni takomillashtirish, institutsional rivojlanish, xalqaro hamkorlik bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston sug‘urta bozorining asosiy ko‘rsatkichlari, sug‘urta xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish, sug‘urta tashkilotlari faoliyatini tartibga solish borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Kapital bozori sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, uni institutsional rivojlantirish, Openinfo.uz yagona korporativ axborot portali funksiyalarini modernizatsiya qilishga oid ma’lumotlar, “Toshkent” Respublika fond birjasini takomillashtirish va yirik kastodian-banklar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha axborot taqdim etildi.
Belgilangan vazifalarga muvofiq, Agentlik tomonidan kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta faoliyati, elektron tijorat, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish sohalarini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bozor ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish, shuningdek, ushbu sohalarga investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini ta’minlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchilikni takomillashtirish orqali davom etmoqda.
2024 yilning o‘tgan davri mobaynida Agentlik tomonidan amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan taqdimot bilan qo‘yidagi faylni yuklab olish orqali tanishish mumkin.