Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

PLAS-Forum O‘zbekiston 2024

07.05.2024
2400

2024 yilning 12-13-iyun kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan “Raqamli transformatsiya va hamkorlik” mavzusida Plas-forum bo‘lib o‘tadi.

Forumda, jumladan, bank va moliya sohasi mutaxassislari, nazorat qiluvchi organlar, AT, chakana savdo va boshqa yo‘nalishlar vakillari asosiy ma’ruzachilar qatorida so‘zga chiqadi.

Sessiyalar dasturi bank biznesini yanada rivojlantirish va raqamlashtirish, Markaziy Osiyo mamlakatlarida islom moliyasi va islom bankingi, kriptosanoat, elektron tijoratning hozirgi holati, venchur kapital bozorini rivojlantirish va boshqa mavzularga oid masalalarni qamrab oladi.