Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

PASHA Financial Holding delegatsiyasi bilan sug‘urta bozorini rivojlantirish masalalari bo‘yicha uchrashuv

21.09.2026
56

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida PASHA Financial Holding (PFH) bosh direktori Farid Mammadov boshchiligidagi delegatsiya hamda Business Consult Group vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirish va tartibga solish muhitini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, ishtirokchilar sug‘urta bozorini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari, sug‘urta tashkilotlari ustidan nazoratni amalga oshirish talablari va yondashuvlari, sug‘urta faoliyatini litsenziyalash tartibi, shuningdek, sug‘urtalovchilarning kapitaliga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqdilar.

Xorijiy moliyaviy guruhlar va investorlarning O‘zbekiston sug‘urta bozoriga kirish shartlariga, shuningdek, sohani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga, jumladan, raqamlashtirish va yangi sug‘urta mahsulotlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Elektron tijorat ishtirokchilarini tartibga solish hamda ushbu bozorni kengaytirish uchun zarur infratuzilmani yanada rivojlantirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lumot uchun: PASHA Financial Holding – moliya sektori, ko‘chmas mulk, chakana savdo, qishloq xo‘jaligi, texnologiyalar va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi Ozarbayjonning yetakchi xususiy biznes guruhlaridan biri – PASHA Holdingning moliyaviy aktivlarini birlashtiradi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, guruhning jami aktivlari 17,0 mlrd dollarni, umumiy daromadi esa 3,5 mlrd dollarni tashkil etgan.

PASHA Financial Holding tarkibiga moliyaviy tashkilotlar (PASHA Bank, Kapital Bank, Birbank, PASHA Insurance, PASHA Life), shuningdek, marketplace va texnologik kompaniyalar, ko‘chmas mulk, turizm, chakana savdo va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi korxonalar kiradi.

Uchrashuv yakunida tomonlar sug‘urta bozori va elektron tijoratni tartibga solish hamda rivojlantirish masalalarida tajriba almashish muhimligini qayd etib, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.