Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

OTB vakillari bilan uchrashuv

15.02.2024
2926

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha departamentining Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘limining mintaqaviy rahbari Enriko Pinali va OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasining xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodimi Adham Qo‘chqorov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi Agentlik va OTB o‘rtasida kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, kapital bozori to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishda ko‘maklashish, shuningdek, "yashil" moliyaviy vositalardan, xususan, "yashil" korporativ obligatsiyalardan foydalanishda turli yondashuvlarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha kapital bozorini rivojlantirish borasida hamkorlikni tashkil etishning aniq chora-tadbirlari belgilandi.