Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Openinfo.uz va uzse.uz portallari o‘rtasida integratsiya amalga oshirildi

03.11.2023
2683

Fond Bozorining Axborot Resurs markazi xodimlari tomonidan openinfo.uz va uzse.uz portallari o‘rtasida integratsiya ishlari olib borildi.

Integratsiya natijasida, emitent muhim fakt yoki hisobotlarni openinfo.uz portalida oshkor qilganda, uzse.uz portalida ham avtomatik tarzda ko‘rinadi.

Mazkur integratsiya hozirda test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, Markaz mutaxassislari nazoratida bo‘ladi.  Barcha funksiyalar to‘liq ishlashi uchun emitentlar (listingdagi tashkilotlar) uzse.uz portalida o‘zining STIR (INN) raqamini kiritishi kerak bo‘ladi.

STIR raqamini kiritish uchun quyidagi yo‘riqnomadan foydalaning:

  1. Uzse.uz portalida o‘zingizning profilingizga kiring.
  2. Eng oxirida joylashgan "Edit" tugmasini bosing.
  3. STIR nomli katakchaga emitentning STIR raqamini kiritng.
  4. Oxirida saqlash uchun "Save" tugmasini bosing.