Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
ruxsat berish tartib-qoidalarini tartibga solish, litsenziyalash, amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan davlat muassasasi kripto aktivlari aylanmasi, kapital bozori, sug`urta, elektron tijorat, lotereyalarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati.

Biz nima qilamiz arrow-right

Yangiliklar

“OMAD SUG‘URTA” AJga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi va litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

16.09.2024
3308

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan “OMAD SUG‘URTA” AJning moliyaviy hisobotlarini o‘rganishi natijasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan meyorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, 76,5 mln.so‘m miqdorida jarima solindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47-moddasi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “OMAD SUG‘URTA” AJga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022-yil 22-iyuldagi 033072-sonli litsenziya 2024-yil 17-sentabr sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.

“OMAD SUG‘URTA” AJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“OMAD SUG‘URTA” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.

Shuningdek, Agentlik sug‘urta xizmatlari iste’molchilarini litsenziya amal qilishi to‘xtatilganga sabab bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etgunga qadar bo‘lgan davr mobaynida sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirmaslik bo‘yicha ogohlantiradi.