logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

O‘zbekistonda sukuk chiqarilishi uchun qulay muhitni rivojlantirish masalalarini muhokamasi yuzasidan uchrashuv

05.02.2024
1783

O‘zbekiston Respublikasida sukuk chiqarilishi uchun qulay muhitni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari, Islom taraqqiyot banki instituti menejeri o‘rinbosari Yahyo Reman, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Karman, BMTTDning “O‘zbekistonda yashil sukuk” loyihasi rahbari Fayzulla Salohuddinov va boshqalar ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibida “O‘zbekiston Respublikasida sukuk chiqarilishi uchun qulay muhitni rivojlantirish” loyihasining maqsad va vazifalari ko‘rib chiqildi.

Yahyo Reman loyihaning 2022-2023 yillardagi natijalari haqida ma’lumot berdi.

Tomonlar 2024 yilga mo‘ljallangan rejalarni, jumladan, O‘zbekistonda “yashil sukuk” qimmatli qog‘ozlarini joriy etish va chiqarishga qaratilgan meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish chora-tadbirlarini, “yashil sukuk” chiqarilishi bo‘yicha Nizomni (National Green Sukuk Framework) ishlab chiqish, shuningdek, bu boradagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish masalalarini muhokama qildilar.

 

Malumot uchun:

Islom taraqqiyot banki instituti (IsDBI) 1981 yilda Jiddada (Saudiya Arabistoni) tashkil etilgan. Institut islom moliya bozori mexanizmlarini rivojlantirish, shuningdek, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratishda uslubiy asoslarni shakllantirish sohasidagi yirik ilmiy-tadqiqot markazi hisoblanadi.

Qarzli qimmatli qog‘oz bo‘lmish va mua’yan daromadni nazarda tutuvchi oddiy obligatsiyalardan farqli o‘laroq, sukuk aktiv yoki ma’lum aktiv / biznes turidan (sukuk turiga qarab) daromad huquqi tasdig‘idir. Bugungi kunda jahon kapital bozorlarida sukuk trast sertifikatlari kabi tuzilgan bo‘lib, ular odatda ingliz qonunlari bilan tartibga solinadi.