logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“O‘ZBEKISTON TINGLOVCHILARI UCHUN KRIPTO-AKTIVLAR VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARI” MAVZUSIDA SEMINARLAR TURKUMI BOSHLANDI.

28.07.2022
1106

 O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan doyimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari hodimlarining malakasini oshirish masalalari yuzasidan Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

Mazkur hamkorlik doirasida 2022 yil 28 iyul kuni “O‘zbekiston tinglovchilari uchun kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyalari” mavzusida seminarlar turkumi boshlandi.

Tadbirning tashkilotchisi XXR Savdo vazirligining buyurtmasiga asosan Guychjou Fanlar akademiyasi belgilangan. Seminarlarda Xitoy Fanlar akademiyasining Dasturiy ta’minot instituti, Xitoy Xalq banki, Katta ma’lumotlar byurosi, Guychjou Sanoat rivojlanish ilmiy-tadqiqot intstituti hodimlari hamda boshqa mutaxassis va ekspetrlar lektor sifatida qatnashmoqdalar.

Seminarlar turkumi doirasida “Blokcheynga kirish”, “Suveren blokcheyn bilan tanishish”, “Blokcheynni innovatsion qo‘llanilishi”, “Raqamli yuan va bitkoin”, “Kriptografiya va aktivlarni shiflarnishiga kirish”, “Raqamli qishloq” qurish”, “Xitoy raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga kirish” va boshqa mavzular ko‘rib chiqiladi.

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining vakillari ishtirok etmoqdalar.

Seminarlar turkumi 2022 yilning 16 avgust kuni yakunlanadi.