Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bu yil xalqimiz biz uchun muhim va ahamiyatli bo‘lgan, mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlamoqda.
O‘zbek davlatchiligi va huquq ustuvorligining asoslarini belgilovchi va har bir fuqaroning hayotida muhim o‘rin tutgan Konstitutsiya mamlakatimizning Bosh qomusi sifatida inson, jamiyat va davlatning rivojlanish negizi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning huquqiy normalarini belgilaydi.
Bo‘lib o‘tgan tadbirda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari V.Pak so‘zga chiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida Konstitutsiya va qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari himoyasini va ularga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilayotganini hamda bu faoliyat demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, sohaga yangi innovatsion yondashuvlarni joriy etish va investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan vazifalarni bajarilishida faollik va fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarga “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Agentlik jamoasi butun O‘zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklaydi hamda barchaga baxt, omad, salomatlik
va farovonlik tilaydi.