Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Ozarbayjon Respublikasi Markaziy banki o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

19.01.2026
81

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) va Ozarbayjon Respublikasi Markaziy banki kapital bozori, sug‘urta bozori hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohalarida rivojlantirish, tartibga solish va nazorat qilish masalalari bo‘yicha hamkorlikka doir O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Memorandum taraflar vakolatlari doirasida o‘zaro hamkorlikning uzoq muddatli va barqaror platformasini shakllantirish, shuningdek tajriba va axborot almashinuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Hujjat xalqaro tadbirlar, seminarlar, forumlar va treninglarni tashkil etish, onlayn uchrashuvlar va qisqa muddatli o‘quv safarlarini o‘tkazish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek tegishli sohalarda qonunchilik va statistik ma’lumotlar almashish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Memorandum doirasida innovatsion moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish, moliyaviy inklyuzivlik va operatsion samaradorlikni oshirish, shuningdek fintex-kompaniyalarni tartibga solish va yangi moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar bilan o‘rtoqlashish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Memorandumning imzolanishi taraflarning O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasida zamonaviy moliyaviy bozorlarni rivojlantirish hamda institutsional hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan o‘zaro manfaatdorligini aks ettiradi.