logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“NEW LIFE SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ litsenziyasi bekor qilindi

22.05.2024
1921

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ning 49-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024 yil 21 maydagi tegishli qaroriga asosan, “NEW LIFE SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ hayotni sug‘urta qilish sohasining I, II, III va IV klasslari va umumiy sug‘urta sohasining 1 va 2 klasslari bo‘yicha ixtiyoriy va majburiy shakllarda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 15 fevraldagi seriyasi SF 00029-sonli litsenziyasi 2024 yil 22 maydan bekor qilindi.

“NEW LIFE SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.