logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

"NEO INSURANCE CORP" litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

20.08.2024
2409

 

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47 va 48 moddalari va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 40-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining qaroriga asosan, “NEO INSURANCE CORP” AJ sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2024 yil 1 fevraldagi 216084-sonli litsenziyasi 2024 yil 20 avgust sanasidan boshlab o‘n kun muddatga to‘xtatildi.

“NEO INSURANCE CORP” AJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“NEO INSURANCE CORP” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.