Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Navro‘z bayrami bilan tabriklaymiz!

21.03.2024
2578

Aziz yurtdoshlar!

Shu munavvar kunda barchangizni yosharish va yangilanish ramzi bo‘lmish Navro‘z bayrami bilan muborakbod etamiz.

Azaldan bu go‘zal ayyomda bir-biriga mehr-oqibat ko‘rsatish, bemorlar, ko‘ngli yarim insonlarga beminnat yordam berish, tabarruk keksalarimizning duosini olish, shodligini yaqinlari, do‘stu yorlari, qo‘ni-qo‘shnilari bilan baham ko‘rish urf sanaladi.

Navro‘zi olam hammamizga, har bir xonadonga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, fayzu baraka keltirsin! Orzu-niyatlarimiz ushalsin, Vatanimiz yanada obod va farovon bo‘lsin!

Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

 

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi jamoasi