Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot

27.08.2026
81

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida rahbariyatning yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir mamlakatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlariga, shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasidagi davlat siyosati natijalariga bag‘ishlandi.
Uchrashuv doirasida ishtirokchilar O‘zbekistonning mustaqillik yillarida amalga oshirgan muhim o‘zgarishlarini, shuningdek, ta’lim, kasbiy yuksalish, tadbirkorlik va ijtimoiy faollik yo‘nalishlarida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni muhokama qildilar.
Davlat yoshlar siyosatini amalga oshirish, yoshlarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakat taraqqiyotidagi rolini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda yoshlar vakillari o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashish, rahbariyatga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish hamda kasbiy va shaxsiy rivojlanishga doir dolzarb masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv davomida vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati hamda yoshlarning jamiyat hayoti va O‘zbekistonning taraqqiyot jarayonlaridagi faol ishtirokining ahamiyati yuzasidan ham fikr almashildi.