O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Endi siz o‘zingizga kerakli emitentlardan ma’lumotlarni osongina topishingiz va yuklab olishingiz mumkin! Buning uchun shunchaki OpenInfo Bot ni ishga tushiring, sizni qiziqtirgan AJ ga obuna bo‘ling va hisobotlar, muhim faktlar hamda boshqa ma’lumotlarga ega bo‘ling.
OpenInfo Bot quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Asosiy menyuda “Muhim faktlar”, “Hisobotlar”, “Mening obunalarim”, “Sozlamalar” va “Murojaat qoldirish” funksiyalari mavjud.
2. “Muhim faktlar” bo‘limida foydalanuvchi portalda e’lon qilingan so‘nggi faktlarni ko‘rishi va qidirishi mumkin.
3. Birorta muhim faktni tanlaganda, muhim faktni oshkor qilgan emitentga obuna bo‘lish, faktni saytda ochish va PDF shaklida yuklab olish kabi funksiyalar mavjud bo‘ladi.
4. Hisobotlar bo‘limida foydalanuvchilar emitentlarning yillik va choraklik hisobotlarini, MXXS va Auditorlik xulosalarini ko‘rishi va qidirishi mumkin bo‘ladi. Muhim faktlarda qayd etilgan funksiyalar hisobotlarda ham amal qiladi.
5. Foydalanuvchi “Mening obunalarim” bo‘limida emitentdan obunani bekor qilish imkoniyatiga ega.
6. “Sozlamalar” bo‘limida bot tilini o‘zgartirish mumkin.
7. “Murojaat qoldirish” bo‘limida o‘z istak, mulohaza va takliflaringizni telegram bot ma’muriyatiga yuborishingiz mumkin.
Muayyan emitentga obuna bo‘lganingizda, sizga PDF formatida OpenInfo Bot orqali ushbu emitentning so‘nggi nashr etilgan muhim faktlari va hisobotlarini darhol va avtomatik ravishda olish imkoniyati beriladi.
OpenInfo Bot havolasi: https://t.me/openinfouz_bot
Idoraviy mansub tashkilotlar