Yangiliklar
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha Maslahatlashuv kengashi tarkibi yangilandi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda - Agentlik) Direktori tomonidan 2025 yil 16 yanvarda qabul qilingan 3-sonli buyruqka muvofiq, kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha Maslahatlashuv kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi.
Yangi tarkibga Ataxanov Baxodir Alisherovich va Shvirkov Oleg o‘rnida “Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi” AJ bosh direktori Abdujabbarov Sherali Yangibayevich va “Universal bank” ATB kengash raisi, “Orient Capital Management” kompaniyasi direktori Anvar Irchayev kiritildi.
Abdujabbarov Sherali depozitar, birja, kliring, hisob-kitob va brokerlik faoliyati masalalari bo‘yicha keng ko‘lamli ish tajribasi hamda chuqur bilimga ega.
Anvar Irchayev kapital bozori, xorijiy kompaniyalarida aktivlarni boshqarish va investitsion banking sohasida tajribali mutaxassis.
Kengash tarkibining yangilanishi Agentlikning O‘zbekiston kapital bozorini samarali modernizatsiya qilishga va uni rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyor bo‘lgan mutaxassislarni faol jalb etishga bo‘lgan intilishini ko‘rsatmoqda.