logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Markaziy Osiyoda tartibga soluvchi organlar o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha oliy darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

29.11.2022
1127

2022 yil 24-25-noyabr kunlari “Ostona xalqaro moliya markazi”da (Qozog‘iston Respublikasi) Markaziy Osiyo mamlakatlari tartibga solish organlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha yuqori darajali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilni 25 noyabr kuni (soat 09:00-10:00) bo‘lib o‘tgan “6-sessiya: “Landshaftning o‘zgarishlari: moliyaviy xizmatlar sohasidagi yangi tendensiyalar” doirasida Markaziy Osiyo sug‘urta bozorlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi, xususan, ishtirokchilar Markaziy Osiyo mamlakatlarida kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga solish masalalarini muhokama qildilar.

Markaziy Osiyo mamlakatlari tartibga solish organlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha yuqori darajali uchrashuv doirasida Agentlik nomidan direktorining birinchi o‘rinbosari - Pak Vyacheslav Yuryevich ishtirok etdi.

Ushbu sessiya davomida Vyacheslav Pak ishtirokchilarni Agentlik faoliyati, O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tanishtirdi.

Hususan, ishtirokchilarga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlar va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi, O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu sohada faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnoma (litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) olgan shaxslarning faoliyatini monitoring va nazorat qilish mexanizmlari va usullari taqdim etildi.

Shuningdek, direktorning birinchi o‘rinbosari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga misol tariqasida, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borish uchun uchta kripto-do‘kon va bitta kripto-birjaga litsenziyalar berilganini keltirdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solishning asosiy talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi qabul qilinishining yakuniy bosqichida va ushbu hujjat tokenlashtirilgan aktivlarni chiqarish orqali kompaniya faoliyatiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi.