logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar

28.06.2024
1576

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (Agentlik) “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining (Qonun) mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Toshkent davlat yuridik universiteti Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi Avazbek Sayfiddinov yig‘ilganlarni Qonunning maqsadi va ko‘lami, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasining ta’rifi, huquqbuzarliklar xususidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asosiy sabablar, manfaatlar to‘qnashuvining yuzaga kelishi va uning turlari bilan tanishtirdi.

Bundan tashqari, seminar ishtirokchilariga manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda davlat organi xodimining huquq va majburiyatlari, davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qo‘yiladigan cheklovlar, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish kabi masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.