Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
ruxsat berish tartib-qoidalarini tartibga solish, litsenziyalash, amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan davlat muassasasi kripto aktivlari aylanmasi, kapital bozori, sug`urta, elektron tijorat, lotereyalarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligida manfaatlar to‘qnashuvini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professori, polkovnik Sharif Qobilov olib bordi.
Ishtirokchilarga manfaatlar to‘qnashuvining asosiy tushunchalari, manfaatlar to‘qnashuvining huquqiy va institutsional asoslari, davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi odob-axloq qoidalarining mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha qabul qilingan huquqiy hujjatlar, manfaatlar to‘qnashuvining shakllari va turlari, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya o‘rtasidagi farq ko‘rib chiqildi.
Ma’ruzachi, shuningdek, ishtirokchilarga majoritar va minoritar saylov tizimlari, xalqaro tajriba va milliy amaliyot haqida batafsil so‘zlab berdi.
O‘quv seminari yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Idoraviy mansub tashkilotlar