Yangiliklar
Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq hujjatlar bo‘yicha o‘quv-treningi
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish sohasidagi islohotlar: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati, komplayens-nazorat tizimi, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish masalalari” mavzusida o‘quv-treningi bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruzachi sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Nodira Samandarova ishtirok etdi.
Xodimlarning manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari bo‘yicha bilimini oshirish maqsadida mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni to‘g‘ri to‘ldirish yuzasidan tushuntirish berildi.
Tadbirda, shuningdek manfaatlar to‘qnashuvining ko‘rinishlari, ushbu sohani tartibga solishga oid normativ-huquqiy hujjatlar, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik uchun javobgarlik masalalari muhokama etildi.