logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

2024 yil 1 avgustdan Majburiy sug‘urta polislari yagona tizimida elektron rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

01.08.2024
1662

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan uning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida davlat organlari va sug‘urta tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan holda 4 ta turdagi majburiy sug‘urta qilish shartnomalarini, ya’ni:

1) ish beruvchining fuqarolik javobgarligini;

2) tashuvchining fuqarolik javobgarligini;

3) xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini;

4) obyektlarni davlat mablag‘lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish shartnomalarini tuzish, ro‘yxatga olish va sug‘urta polislarini rasmiylashtirish bo‘yicha texnik imkoniyatlar to‘liq yaratilib, 25 ta sug‘urta tashkilotining axborot tizimlari orqali barcha jarayonlar test rejimida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan, 2024 yilning 1 avgustidan boshlab Yagona axborot tizimning service.e-osgo.uz manzilidagi portali orqali mazkur majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini rasmiylashtirish muvaffaqyatli ishga tushurildi.

Shu bilan birga, sug‘urta xizmatlarining barcha iste’molchilariga 2024 yilning 1 sentabrdan boshlab sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari faqatgina Yagona tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazilishi va ushbu tizim orqali sug‘urta polislari elektron shaklda rasmiylashtirilishi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilamiz.

Ta’kidlash joizki, ushbu chora-tadbirlar Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 martdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-108-son qarorida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur sug‘urta xizmatlaridan foydalanish uchun barcha yuridik va jismoniy shaxslar elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda https://service.e-osgo.uz/auth/login manzili orqali kirishi mumkin.