logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari uchun oylik hisobot shakllari tasdiqlandi

29.12.2022
1090

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3150-son va 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-son qarorlariga, shuningdek, Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3380, 15.08.2022 y.) muvofiq kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari uchun oylik hisobot shakllari tasdiqlandi.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan taqdim etiladigan oylik hisobot shakllari asosida O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi bozorining rivojlanish tendensiyalari va shakllanishini o‘rganish maqsadida, ularning faoliyati ustidan doimiy monitoring amalga oshiriladi.