logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish chora-tadbirlariga rioya qilish va qo‘llash bo‘yicha trening o‘tkazildi

03.02.2023
1205

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarining mas’ul xodimlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish (JFODL/TM/OMQQTQK) bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan trening tashkil etildi.

Tadbir davomida Agentlik va Departament xodimlari tomonidan JFODL/TM/OMQQTQK sohasidagi xalqaro standartlar (FATF Tavsiyalari) talablari, shubhali operatsiyalar to‘g‘risida xabarlarni jo‘natish hamda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati bilan ishlash tartibi, shuningdek, samarali ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirishning boshqa jihatlari yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

Agentlik JFODL/TM/OMQQTQK masalalari yuzasidan kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmatlar provayderlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.