logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash tartibi takomillashtirilmoqda

04.08.2023
1417

Senatning qirq uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillari tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarga litsenziyalanadigan faoliyatning yangi turlari va kichik turlari (kripto-birja, mayning-pul, kripto-depozitariy va kripto-do‘kon) hamda ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat asosida amalga oshiriladigan mayning faoliyati belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Qonunning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, mayning-pul, kripto-depozitariy, kripto-do‘kon faoliyatlarini amalga oshirish uchun  ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan yangi faoliyat turi sifatida ham qo‘shilmoqda.

Shu bilan birga, mayningni ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirganlik yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni qalbaki hujjatlardan foydalanganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida jarima qo‘llanilishi belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha kiritilib, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar uchun davlat boji joriy etilib, uning miqdori va to‘lov tartibini belgilash vakolati Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga berilmoqda.

O‘z navbatida, Senat aʼzolari tomonidan Qonun muhokamasi jarayonida kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni, shu jumladan, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari asosida amalga oshiriladigan faoliyat turlari va kichik turlarini belgilashning tartibga solishdagi bo‘shliqlar bartaraf etilishi qayd etildi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.